Qanday qilib tovlamachi qurboniga aylanmaslik mumkin

Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet ellik fuqaro muhojirlik kartasida albatta kelishdan maqsadini koʻrsatishi zarur – – «ishlash». MDH mamlakatlari fuqarolari Rossiyada ishlash uchun patent rasmiylashtirmashdan 6 oy davomida 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatda tura olishlari mumkin. 6 oyda siz Rossiyaga bir necha marta kelishingiz mumkin, lekin Rossiyada turgan umumiy vaqtingiz 90 kundam oshmasligi zarur.

Qiqqat qiling: patentni albatta siz ishlaydigan ixtisosga koʻra rasmiylashtirish zarur. Boshqa ixtisos va boshqa mintaqada ishlash qonunbuzarlik sanaladi va buning uchun jarima koʻzda tutilgan! Hujjatlaringizni oʻz vaqtida uzaytiring! Vaqti oʻtib ketgan qayd, muhojirlik kartasi va patent qonunchilikni buzish sanaladi, buning uchun jarimaga tortishlari va mamlakatdan chiqarib yuborishlari mumkin. Agar siz oʻsha vaqtda ishlamayotgan boʻlsangiz va Rossiyada turish uchun boshqa asosingiz bolmasa ham, baribir patentni uzaytirishingiz zarur.

Rossiyadakoʻpginavijdonsizvositachilar (tashkilotlarvafuqarolar) faoliyatyuritadi, ularsizgahujjatlarnirasmiylashtirishdapullikyordamkoʻrsatishnitaklifetishadi. Ehtiyot boʻling, aldanib qolmang!

Hatto ularni yaxshi bilsangiz ham, «xususiy shaxslar» – yurtdoshlar, brigada boshliqlari yordamidan foydalanmang: aynan ular koʻpincha qalbaki hujjatlar rasmiylashtirishadi. Unutmang, sizda qalbaki hujjatlar topilgan holatda aynan siznu jarimaga tortishlari va hatto Rossiyadan chiqarib yuborishlari mumkin! Bundan tashqari, vositachilar aslida bepul koʻrsatiladigan yo juda oz mablagʻ olinadigan xizmat uchun pul olishlari mumkin. Unutmang: biron-,bir tashkilot yoki xususiy shaxs siz uchun hujjatlar olish huquqiga ega emas. Siz oʻz hujjatlaringizni отделении по вопросам трудовой миграции УВМ МВД dan SHAXSAN oʻzingiz olishingis zarur.